MgO:LiTaO₃ kristalida lazer nurlanishini parametrik kuchaytirish jarayonida yutilish ta’sirini o’rganish
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda MgO aralashgan litiy tantalat (MgO:LiTaO3) kristalida lazer nurlanishini optik parametrik kuchaytirish (OPK) jarayoni Matlab dasturi yordamida raqamli simulyatsiya qilindi. Tadqiqot chiziqli yutilish, uchinchi tartibli nochiziqlilik va dispersiya ta’sirlarini hisobga olgan holda infraqizil spektral diapazonda signal to‘lqinini kuchaytirishdagi asosiy cheklovchi omillarni aniqlashga qaratildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, dispersiya impuls davomiyligi 10 fs dan kam bo‘lganda kuchaytirish samaradorligini sezilarli darajada cheklaydi, yutilish esa kristall qalinligi
1.2 mm dan oshganda asosiy cheklovchi omilga aylanadi. Ushbu natijalar telekommunikatsiya va ultraqisqa lazer tizimlari uchun ilg‘or optik kuchaytirgichlar ishlab chiqishga yo‘l ochadi va bu materialni BBO kabi an’anaviy alternativalardan ajratib turadi.
Maqsad. Domen qalinligi o‘zgarishlari va nochiziqli ta’sirlarni hisobga olgan holda signal to‘lqinining samaradorligi uchun analitik ifoda olish va MgO:LiTaO3 da chastota o‘zgartirishni optimallashtirish uchun yangi yondashuvni taklif qilish.
Materiallar va usullar. Qisqartirilgan nochiziqli bog‘langan to‘lqin tenglamalari kvazifazali sinxronizm (QFS) sharoitida split-step usuli, to‘rtinchi tartibli Runge-Kutta va tez Furye almashtirishlar (TFA).
Natijalar. Impuls davomiyligi 10 fs dan kam bo‘lganda dispersiya samaradorlikni 15–20% ga pasaytiradi, yutilish esa kristall qalinligi 1.2 mm dan oshganda 30% gacha yo‘qotishlarga olib keladi.
Xulosa. Olingan analitik ifoda MgO:LiTaO3 da OPK jarayonini optimallashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va telekommunikatsiya hamda ultraqisqa lazer tizimlarida samaradorlikni 50% gacha oshirish imkonini beruvchi yangi optik kuchaytirgichlar ishlab chiqishga yo‘l ochadi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Dmitriev V. G., Gurzadyan G. G., Nikogosyan D. N. Handbook of nonlinear optical crystals. – Springer, 2013. – T. 64.
D.B.Yusupov.Nochiziqli Optika.Toshkent.”Fan va ta’lim”nashriyoti, 2023.-264b.
Yusupov DB, Sapaev UK. Nelineynaya optika fotonnykh kristallov. Tashkent: FAN; 2012. 128 p. In Russian.
Sabirov O., Akbarova N., Atadjanova N., Sapaev U. Efficient realization of infrared coherent radiation by the method of parametric light amplification in nonlinear photonic crystals. In Journal of Physics: Conference Series, 2021, Vol. 2131, No. 5, p. 052092.
Kingston R. Parametric amplification and oscillation at optical frequencies. // Proc. IRE, 1962, V. 50, P. 472.
Sabirov O.I., Assanto G., Sapaev U.K. Efficient Third-Harmonic Generation by Inhomogeneous Quasi- Phase-Matching in Quadratic Crystals. Photonics, 2023, 10 (1).
Otabaeva K., Kutliev U. O., Sabirov O. I., Rakhmanov A. I. (2024, June). Sputtering of Ionic Water Clusters at the Ar+ Ion Bombardment. In 2024 IEEE 25th International Conference of Young Professionals in Electron Devices and Materials (EDM) (pp. 2670-2673). IEEE.
Kroll H. Parametric amplification in spatially extended media and application to the design of tunable oscillation at optical frequencies. Physical Review, 1962, 127, 1207 p.
Sabirov O.I., et al. On the theoretical analysis of parametric amplification of femtosecond laser pulses in crystals with a regular domain structure. Physics of Wave Phenomena, 2022, 30 (4), 277-282 p.
Yakovlev I.A., Akhmanov S.A., Khokhlov R.V. Problems of nonlinear optics. Advances in Physical Sciences, 1965, 85 (3), 579-581 p.
Sabirov O.I., et al. High efficient optical parametric amplification of femtosecond pulses in MgO doped PPLN crystals at 3.4 µm. Optical and Quantum Electronics, 2023, 55 (8).
Sapaev U.K., Kutzner J., Finsterbusch K. Optimization of type-II frequency doubling of spatial and temporal limited laser light in nonlinear crystals. Optical and Quantum Electronics, 2005, 37, 515-527 p.
Alexandrovski A.L., et al. UV and visible absorption in LiTaO_3. Laser Material Crystal Growth and Nonlinear Materials and Devices, 1999, 3610, 44-51 p.

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.